Yotoqxonalar uchun SaaS

Yotoqxonangizni qog'oz va Excel'siz boshqaring

SmartCampus — joylashtirish, to'lovlar, qarzdorlik, kommunal xizmatlar va inventarni bitta tizimda yurituvchi platforma. Talabalar turar joylari, ishchi yotoqxonalari va xizmat uylari uchun.

Karta talab qilinmaydi · 5 daqiqada ishga tushadi

24/7
bulutda, istalgan qurilmadan
Payme · Click
to'lovlar to'g'ridan-to'g'ri hisobingizga
Excel
barcha hisobotlarni yuklab olish

Kundalik ishning hammasi bir joyda

Bino sxemasi

Qavat, xona va o'rinlar interaktiv sxemada. Bo'sh joylar, band joylar va bron bir qarashda.

Yashovchilar bazasi

Pasport ma'lumotlari, shartnoma, qarindoshlar, hujjatlar va yashash tarixi — har bir yashovchi uchun.

To'lovlar va qarzdorlik

Oylik hisob avtomatik yoziladi. Payme va Click orqali to'lov darhol hisobga tushadi, penya va eslatmalar avtomatik.

Kommunal xizmatlar

Elektr, suv, gaz va issiqlik ko'rsatkichlari, tabaqali tariflar va QQS bilan hisob-kitob.

Inventar

Xona va o'rinlarga biriktirilgan mol-mulk, javobgar shaxslar va harakat tarixi.

Monitoring va hisobotlar

Bandlik, tushum va qarzdorlik bo'yicha boshqaruv paneli, buxgalteriya uchun Excel hisobotlar.

Rollar va huquqlar

Mudir, kassir, zavxoz, buxgalter — har kim faqat o'ziga tegishli bo'limni ko'radi.

SMS xabarnomalar

To'lov qabul qilinganda, to'lov kuni yaqinlashganda va penya haqida avtomatik SMS.

Uch qadamda ishga tushiring

1

Ro'yxatdan o'ting

Tashkilot nomi va telefon raqamingizni kiriting — hisob darhol ochiladi.

2

Binoni kiriting

Bino, qavat va xonalarni qo'shing, tarif va to'lov shartlarini belgilang.

3

Yashovchilarni joylashtiring

Sxemadan joy tanlang, yashovchini qo'shing — hisob-kitob avtomatik boshlanadi.

Shaffof tariflar

Barcha tariflarda 14 kunlik bepul sinov. To'lov — hisob-faktura bo'yicha bank o'tkazmasi orqali.

Start

500 000so'm / oy
  • ✓ Binolar: 1
  • ✓ O'rinlar: 300
  • ✓ Foydalanuvchilar: 10
Tanlash
Ommabop

Standart

1 500 000so'm / oy
  • ✓ Binolar: 5
  • ✓ O'rinlar: 1 500
  • ✓ Foydalanuvchilar: 50
Tanlash

Pro

3 000 000so'm / oy
  • ✓ Binolar: cheksiz
  • ✓ O'rinlar: cheksiz
  • ✓ Foydalanuvchilar: cheksiz
Tanlash

Ko'p beriladigan savollar

Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?+

Har bir tashkilot ma'lumotlari ma'lumotlar bazasi darajasida ajratilgan: boshqa tashkilot sizning yozuvlaringizni hech qanday holatda ko'ra olmaydi. Zaxira nusxalar muntazam olinadi.

Payme va Click qanday ulanadi?+

O'z kassangiz ma'lumotlarini sozlamalarga kiritasiz va tizim ko'rsatgan manzilni Payme/Click kabinetiga qo'yasiz. Pul to'g'ridan-to'g'ri sizning hisobingizga tushadi.

Sinov muddati tugasa nima bo'ladi?+

Ma'lumotlaringiz o'chmaydi — ular faqat ko'rish rejimiga o'tadi. Hisob-faktura to'langach, ish davom etadi.

Eski ma'lumotlarni ko'chirib bera olasizmi?+

Ha. Excel ro'yxatlaringizni yuboring — binolar va yashovchilarni import qilishda yordam beramiz.

Bugunoq boshlang

14 kun bepul. Sozlashda yordam beramiz.

14 kun bepul sinash